Published April 20, 2022 | Version v1
Journal article Open

YUQUMLI KASALLIKLARGA CHALINGAN BEMORLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN HAMSHIRALIK YORDAMINI TASHKIL ETISH AHAMIYATI VA UNING XUSUSIYATLARI

Description

Hozirgi davrga qadar va bugungi kunda bemorni o'z vaqtida kasaligini  aniqlash va muolaja qilish nafaqat uning  salomatligini tiklanishini ta'minlaydi, balki ko'proq infektsiyaning tarqalishini cheklashga yordam beradi, shuningdek inson salomatligini saqlashda va xavfsizligi  muhofaza etishda muhim ahamiyatga egadir. Infektsiyali kasalliklarning rivojlanishi (patogenezi), klinik ko'rinishlari, laboratoriya  diagnostikasining zamonaviy imkoniyatlari, davolash va oldini olish kabi bilimlarga ega bo’lish hamshiralik faoliyatining tub negizidir.Chunki bemorlarni  davolashda shifokor bilan birgalikda dastlabki muolaja bosqichlarini amalga oshiruvchi va bajaruvchi tibbiy xodim hisoblanadi.Shuni ta'kidlash kerakki,tibbiyot xodimlari, ixtisosligidan qat'i nazar, hamshiralar bunday  bilimga ega bo'lishlari kerak, chunki ularning har biri kundalik ishlarida doimo yuqumli bemorlarga duch keladi. Har bir aniq holatda zarur bo'lgan epidemiyaga qarshi va profilaktika choralarini, shu jumladan  o'zingizning yuqumli xavfsizligingizni ta'minlashga imkon beradigan umumiy va alohida epidemiologiyani  bilish ham bir xil darajada muhimdir. Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarda hamshiralik ishini tashkil etish va takomillashtirish  - aholi salomatligini mustahkamlashda asosiy bo’ginlardan biridir.

Files

233-240.pdf

Files (548.6 kB)

Name Size Download all
md5:075037b68ab35d8c4e26974de8104545
548.6 kB Preview Download