SAMARQAND SHAHAR CHASHMA ARIG’I BO’YIDAGI DORIVOR O’SIMLIKLAR
Abstract
Butun dunyoda yuz berayotgan global ekologik iqlim o’zgarishlari cho’llanish va qurg’oqchilikga olib kelib , atmosfetra havosi haroratini bir necha gradusga ko’tarilishiga olib kelmoqda. Bunday ta’surotlarga o’ta sezgir bo’lgan biologik xilma-xillikning muhim komponentlari do’lgan o’simliklarni o’sish va rivojlanish holatiga bular salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Alohida bir hududning florasini har tomonlama o‘rganish shu hudud turlarining to‘liq tarkibini, shu bilan bir qatorda kamyob va kamayib borayotgan turlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tabiatda antropogen va texnogen omillar ta’sirining kuchayishi va buning natijasida ekologik sharoitning keskinlashuvi o‘simliklar qoplamining sezilarli darajada o‘zgarishiga olib kelmoqda [1, 2].