REPRODUKTIV SALOMATLIKNI SAQLASHDA PATRONAJ HAMSHIRASINING FAOLIYATINI O’RGANISH

Authors

  • Abdumuratova Zarina Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti. Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasi
  • Aminov Z.Z Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti. Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasi

Keywords:

Reproduktiv salomatlik,patronaj hamshirasi,fertil yosh, kontrasepsiya tushunchasi, homiladorlik.

Abstract

Dunyo mamlakatlarida hozirgi  kunda  eng  muhim  masalalardan biri – reproduktiv  salomatlik va u bilan bog’liq  kasalliklardir.Dunyo  aholisi statistikasiga  e’tibor  beradigan bo’lsak:Germaniyaning Stiftung  Weltbevolkerung – “Yer aholisi “ jamg’armasi 11-iyulda  nishonlanuvchi Jahon  aholishunoslik kuni  arafasida dunyo aholisini soni 7.8 mlrd kishiga yetganini ma’lum qildi.Jamg’arma ma’lumotiga ko’ra dunyo aholisining soni yiliga 82 mln kishiga ko’paymoqda, dunyoda har  soniyada  o’rtacha  2.6 bola dunyoga  keladi.Mutaxassislarning takidlashicha  aholi  o’sishini  jadal  davom  etayotganini  sabablaridan biri  istalmagan  homiladorliklarning  ko’pligidir.Dunyoda har beshinchi homiladorlikdan  ikkitasi  istalmagan  hisoblanadi.Har yili 15 mln o’smir  qizlar ona bo’ladi, 4 mln ga yaqini  abort  bilan tugaydi.Dunyoda har  yili 50 mln ayolning reproduktiv salomatligi zaifligi natijasida homiladorlik bilan bog’liq  jiddiy kasalliklar va  nogironlik  kuzatiladi.Jahonda  har yili 500 000 ayol  homiladorlik  va  tug’ish  vaqtida  yuzaga  keluvchi asoratlar  oqibatida  vafot  etadi.Har yili  15 mln  ayol homiladorlik  va tug’ish  bilan bog’liq  jaroxatlar, infeksiyalar  va  boshqa asoratlar  tufayli azob  chekadilar.

Downloads

Published

2022-06-07