O'ZBEK MUMTOZ SHE'RIYATI (NAVOIY) IJODI NAMUNALARINING INGLIZ TILIDA TARJIMA QILISHDAGI QIYINCHILIKLAR
Keywords:
g'azal, vazn, nasr, she’r, aruzAbstract
Tarjima-bu bir tildagi matnni boshqa bir tilga qayta yaratishdan iborat bo'lib, u millatlararo muloqotning eng muhim ko'rinishidir. She'r esa badiiy ijodning his tuyg'ularga boy eng nafis namunasidir. She'r nasrga qaraganda boshqacha rol kasb etadi, chunki unda katta umumlashtiruvchi kuch mavjud. She'r inson kechinmalari, kayfiyati va ichki dunyosini, his tuyg'ularini to'laroq va chuqurroq bayon qila oladi. O'zbek mumtoz she'riyati namunalarining ingliz tiliga qilingan dastlabki tarjimalarini, shubhasiz, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy nomisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Alisher Navoiy ijodi har zamon va har davr uchun saboq bo'ladigan o'lmas g'oyalar, fikr va qarashlar ummonidir. Ushbu tezisning maqsadi Navoiy asarlarining ingliz tilida tarjimasining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.