AKTYORLIK MAHORATINI TALQIN QILISHDA OLIMLARNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Keywords:
aktyorlik texnikasi, energiya, ichki impuls, aktyorlik san’ati, ong va ongsizlik, emotsiya.Abstract
Ushbu maqolada aktyorlik texnikasi va uning rivojlanish tarixi haqida gap boradi. Rejissyorlik teatrining paydo bo‘lishi bilan bog’liq jarayonlar, ko‘p olimlarning aktyorlik san’ati bo’yicha pedagogik dars usullariga qo’shgan xissalari, yuksaklikka erishish yo‘lida amalga oshgan yutuqlari va bugungi kungacha dars jarayonida foydalanish usullari haqida so’z boradi. Aktyorlik mahorati darslarida turli xil usullar orqali yondashish, psixotexnikasini ochib bergan aktyorlikning transsendensiyasi, vaqt va makonda rivojlangan Stanislavskiy XX-asr oxiridagi aktyorning postmodern texnikasida mavjud bo’lgan pedagogik dars usullari haqida yozilgandir.