Published January 25, 2023 | Version v1
Journal article Open

CHINGIZXON VA AMIR TEMURNING QO'SHINLAR JANGOVAR RUHINI KO'TARISHDAGI CHORA-TADBIRLARI

Creators

Description

Biz ko‘rib o‘tmoqchi bo‘lganimiz ikki sarkarda Chingizxon va Amir Temur garchand bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki zamonda yashamagan bo‘lsada, ularning davlat barpo etishdagi sharoit o‘zgacha bo‘lgan.

Qo‘shinlarning ahloqiy-ruhiy holatini barqaror saqlab turishda, agar zarur bo‘lsa uni mustahkamlashda harbiy sarkardaning harbiy mahorati, shaxsiy namunasi, diniy motiv, musiqiy kuy-qo‘shiqlar, jangchilarni oldinga harakatlantiruvchi turli chaqiriqlar va hayratlanarli nutqiy birikmalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Chingizxon turli din, e’tiqodga sig‘inuvchi, turli til va lahjalarda so‘zlovchi bir-biri bilan kelishmay maydalashib ketgan urug‘, ulus va qabilalarni o‘zaro-nizolaridan ustamonlik bilan foydalanib, kichik bir hududda o‘z davlatini barpo qildi va o‘zi e’tiqodsiz bo‘lgani holda barcha dinlarga nisbatan baravar munosatda bo‘lib hokimiyatini tikladi hamda keyinchalik bu amaliyotni vorislariga ham nasihat qilib qoldirdi.

Amir Temur esa islom bayrog‘i keng yoyilgan, aholisining aksariyati musulmon bo‘lgan Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida yashovchi islomga e’tiqod qiluvchilar ishonchiga kirib, sayidlar va shayxlar rahnamoligida yagona islom g‘oyasi qo‘llab-quvvatlagan va mana shu asosda o‘z armiyasi ruhiy holatini, tartib-intizomini ushlab turgan.

Files

64-74.pdf

Files (338.3 kB)

Name Size Download all
md5:7ef8bdfb612f57c17919da66103f6478
338.3 kB Preview Download