INGLIZ TILI YO’NALISHI TALABALARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Muhayyo Umarova Farg`ona davlat universiteti tayanch doktoranti Amaliy ingliz tili kafedrasi o`qituvchisi

Keywords:

kompetensiya, performance, kommunikativ kompetensiya, Grammatik qobilyat, Sotsio-lingvistik qobilyat, diskursiv qobilyat, strategik qobilyat

Abstract

Xalqaro aloqalar rivojlangan globallashuv zamonida til o`rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular ichida ingliz tilini o`rganish va erkin muloqot qila olish har bir soha uchun eng ahamiyatlidir. Ingliz tili o`z ichiga olgan til ko`nikmalari (integrated skills) tilni har tomonlama mukammal rivojlantirishga yordam bersa, tildagi muloqot qobilyati esa til o`rganishdagi eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Chunki, o`rganayotgan tilda erkin va ravon muloqot qilish qobilyati barcha o`rganuvchilardan talab qilingan eng muhim til ko`nikmasidir. Shunga qaramay, o`rganilayotgan tilda muloqot qilish, o`z fikrini erkin va xatolarsiz bayon eta olish va o`sha tilda gaplashuvchilar bilan suhbat olib borish til o`rganayotgan talaba yoshlar uchun amaliyot jarayonida qiyinchilik tug`dirmoqda.

Downloads

Published

2023-03-01