Published June 14, 2023 | Version v1
Journal article Open

ONKOLOGIK BEMORLAR KOGNITIV VA EMOTSIONAL SOHASINING O'ZIGA XOSLIGI

Description

Bugungi kunda onkologik kasalliklar butun dunyo bo‘yicha o‘sish tendensiyasiga ega. Onkologik kasallik rivojlanishini barvaqt aniqlash, davolashning samarali usullarini qo‘llash, remissiya davrini uzaytirish hamda reabilitatsiya chora-tadbirlarini ishlab chiqish va takomillashtirish kasallik bilan kurashishning mazmunini tashkil qiladi. Saraton tashxisi qo‘yilgan bemorni davolashda nafaqat tibbiy chora-tadbirlarni qo‘llanilishi, balki bemor psixologiyasini ham inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. SHu nuqtai-nazardan onkologik bemorlar psixologik holatini kuzatish va ularga ijobiy psixologik ta’sir ko‘rsatish, asosiy davolanish turi hisoblanadigan tibbiy muolajalarning samarasini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur maqolada onkologik bemorlarning kognitiv va emotsional jarayonlarini psixologik jihatdan tadqiq qilishga qaratilgan bolib, onkologiyada psixologik xizmatni rivojlantirishga o`z hissasini qoshadi.

Files

194-198.pdf

Files (195.1 kB)

Name Size Download all
md5:b8baad6941d2d78d189aa0b58906bb5b
195.1 kB Preview Download