YAPON XALQ MAQOLLARINING TARJIMASI TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA
Keywords:
xalq og‘zaki ijodi, paremiologiya, tarjima, ことわざ(kotowaza - maqol), 慣用句 (kanyouku - ibora), maqol, iboraAbstract
Mazkur maqolada yapon xalq maqollari va ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida tayaniladigan omillar va tarjima usullariga oid ayrim mulohazalar haqida fikr yuritilgan. Mаqоl xаlqning kо‘p аsrlаr mоbаynidа ijtimоiy - iqtisоdiy, siyоsiy vа mаdаniy hаyоtdа tо‘plаgаn tаjribаlаri, kuzаtishlаri аsоsidа yuzаgа kelgаn ixchаm, chuqur mаzmungа egа bо‘lgаn оg‘zаki ijоd jаnrlаridаn biri ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, yapon xalq maqollaridan namunalar keltirilib, ularning o‘zbek tili bilan qiyosiy tarjimasi tahlilga tortilgan. Tarjima jarayonida qiyoslanayotgan tillararo muqobillik va tafovutli jihatlarga oid ilmiy yondashuvlar aniq misollar asosida dalillangan.