“COVID-19 BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA DISSIRKULYATOR ENSEFALOPATIYANING KLINIK-NEVROLOGIK XUSUSIYATLARI”
Keywords:
Covid-19, dissirkulyator ensefalopatiya (DE), kognitiv faoliyat, SAGE testiAbstract
COVID-19 o’tkazgan bemorlarning uchdan birining (30% -35%) asab tizimiga zarar yetkazish belgilari kuzatilgan. SARS-CoV-2 virusi birinchi navbatda organizmda qon aylanish tizimini va to’qimalarda mikrosirkulyatsiyani izdan chiqaradi. Ushbu maqolada bir vaqtda COVID-19 va dissirkulyator ensefalopatiya bilan kasallangan turli yoshdagi erkak va ayol bemorlarning KT va MRT tekshiruvi xulosalarining tahlili o’tkazilgan. Bir vaqtning o’zida, ushbu guruh bemorlarda SAGE testi yordamida kognitiv faoliyat baholandi.