TEXNOLOGIK TA’LIMNING UZVIYLIGINI TA’MINLASHDA TA’LIM OLUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
texnologiya, qobiliyat, uzviylik, uzluksizlik, texnologik ta’lim, kreativ qobiliyat, shaxs, uzviylik tamoyiliAbstract
maqolada texnologik ta’limning uzluksiz va uzviyligini ta’minlashda talabalarning kreativ qobiliyatlarni shakllantirishning mohiyati berilgan. Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarini tayyorlashda o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z ijodkorligi, o‘z-o‘zini bilishi va yaratuvchiligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Shu o‘rinda, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchining kreativ qobiliyatini rivojlantirib borishda uzluksiz taʼlim tizimining uzviyligini ta’minlash pedagogning kreativligida, uning mahoratida namoyon bo‘lish masalalari keltirilgan bo’lib, bunda kreativ qobiliyatlarni egallashda uzviylik va uzluksizlik mazmuni batafsil berilgan.