AMALIY DARS MASHG‘ULOTINI TASHKIL ETISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI (Texnologiya fanining “Pazandachilik asoslari”) misolida

Authors

  • Ferangiz Alisherovna Raxmatova

Keywords:

Kompyuterlarni qo‘llash, jixozlangan auditoriya, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, kompyuter, videoproyektor, ekran, slayd, tarqatma materiallar, gaz pilitasi, pichoq, taxtakach

Abstract

Kompyuterlarni qo‘llashdagi yangidan-yangi imkoniyatlarni aniqlash va ularni izchillik bilan amaliyotga tadbiq etib borish ta’lim jarayonini taraqqiy ettirishning zamonaviy bosqichidagi muhim omillaridan biri hisoblanadi. O‘z navbatida, kompyuter texnologiyalarining jadal taraqqiy etib borishi ularni ta’lim jarayonlarida keng qo‘llanishi uchun qulay shart - sharoitlarni yuzaga keltirmoqda. Inson faoliyatining barcha jabhalari, jumladan, ta’lim tizimida internetni jamiyatni taraqqiy ettirishning yetakchi omillaridan biri sifatida joriy etish, bilim oluvchilarning borliqni virtual vositalar asosida idrok eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liq masalalarning izchil hal etilishi dolzarb muammolardan bo‘lib hisoblanadi.

Downloads

Published

2024-05-24