BOLA PSIXOLOGIYASINING RIVOJLANISHIDA EKRAN VAQTINING ROLI

Authors

  • Nodirbek Otabek o’g’li Abdulxaqov

Keywords:

ekran vaqti, bola rivojlanishi, kognitiv qobiliyatlar, ijtimoiy ko‘nikmalar, hissiy tartibga solish, O‘zbekiston

Abstract

Raqamli texnologiyalarning tez tarqalishi, ayniqsa, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning psixologik va aqliy rivojlanish tajribasini tubdan o‘zgartirdi. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi bolalarning kognitiv, ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ortiqcha ekran vaqtining ta’siri o‘rganiladi. Smartfonlar, planshetlar va kompyuterlardan foydalanish imkoniyati ortib borayotganligi sababli, bolalar ekranlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishadi va bu ularning rivojlanishiga mumkin bo‘lgan salbiy ta'sirlar haqida xavotir uyg'otadi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar va mahalliy so‘rovlarga tayangan holda, ushbu tadqiqot ekran vaqti va turli rivojlanish natijalari o‘rtasidagi bog'liqlikni o‘rganadi, jumladan e'tibor, ijtimoiy ko‘nikmalar va hissiy tartibga solish kabi psixologik omillarga ta’siri borasida o‘rganishlar natijalarini e’tiboringizga havola qiladi. Natijalar O‘zbekistondagi bolalar o‘rtasida sog‘lom raqamli hayotni rag‘batlantirish, ekranning haddan tashqari ta’sirlanishi bilan bog‘liq xavflarni yumshatish uchun maqsadli aralashuvlar va siyosiy choralari zarurligini ko‘rsatadi. 

Downloads

Published

2024-07-29