RAQAMLI AVLODDAN - RAQAMLI MAMLAKAT SARI
Keywords:
raqamli iqtisodiyot, raqamli avlod, MOOC, raqamli ta’lim, e-learning, AKT.Abstract
Bugungi zamonaviy asrni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz (AKT) tasavvur qilib bo’lmaydi: dunyoning deyarli hamma joyida turli xil avtomatik robotlar, o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga – sun’iy intellektga ega bo’lgan Yerning yangi vakillari va rivojlanishning eng yuqori pog’onasiga chiqqan insonlar, ya’ni ana shu yangiliklarni yaratayotgan olimlar to’xtovsiz harakatdalar. Xuddi shu zamonning yoshlari esa kundan-kunga yangi texnikalar va ularni boshqarish san’atidan boxabar bo’lib kelishmoqda. “Raqamli avlod” g’oyasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yoshlar hayotining asosiy ahamiyati va hal qiluvchi omili sifatidagi o‘rni esa bir necha yillardan buyon yoshlarga oid ommaviy munozaralarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.