HUDUDLARDA INVESTITSION MUHITNI YAXSHILASHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
hududiy investitsiyalar, investitsion muhit, investitsion faollik, investitsion jozibadorlik, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar, investitsion infratuzilma, mintaqaviy rivojlanish, diversifikatsiya, xorijiy investitsiyalar, institutsional muhit, investitsion salohiyat, hududiy raqobatbardoshlik.Abstract
Ushbu tadqiqot hududlarda investitsion muhitni yaxshilashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Ishda investitsion muhitning nazariy-uslubiy asoslari o'rganilib, hududlarda investitsion faollikni baholash metodologiyasi tahlil qilingan. O'zbekiston hududlarida investitsion muhitning hozirgi holati va uning rivojlanish tendensiyalari aniqlangan hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi o'rganilgan. Tadqiqot natijasida hududlarda investitsion muhitni yaxshilashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari ishlab chiqilgan va ularni amalga oshirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilgan. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqot natijalari hududlarda investitsion jozibadorlikni oshirish va investitsiyalarni jalb qilish samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi.