XORAZM SHEVASIDAGI MATNLARNI O‘ZBEK ADABIY TILIGA O‘TKAZISH MODELI UCHUN SHEVADAGI BARCHA SO‘ZLARNI QAMRAB OLGAN LUG‘AT YARATISH

Authors

  • Maqsud Siddiqovich Sharipov
  • Lola Ulug‘bek qizi Kurbanova

Keywords:

Xorazm shevasi, O‘zbek adabiy tili, Lug‘at yaratish, Sheva leksikasi, Ma’lumotlar bazasi, Avtomatik tarjima

Abstract

Ushbu maqola xorazm shevasidagi matnlarni o‘zbek adabiy tiliga avtomatik o‘tkazish uchun mo‘ljallangan lingvistik modelni ishlab chiqishga qaratilgan. Model asosini xorazm shevasiga xos so‘zlar va ularning adabiy tildagi muqobillarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli lug‘at tashkil etadi. Lug‘at yaratishda xorazm shevasiga oid xalq og‘zaki ijodi, badiiy asarlar va mahalliy aholi nutqidan yig‘ilgan autentik materiallar tahlil qilindi. Tadqiqotda leksik birliklar morfologik, fonetik va semantik jihatdan o‘rganilib, ularning adabiy tildagi ekvivalentlari bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar aniqlangan. Lug‘atni shakllantirish jarayonida ma’lumotlarni tasniflash va tizimlashtirish uchun zamonaviy kompyuter lingvistikasi va ma’lumotlarni qayta ishlash usullaridan foydalanildi. Mazkur lug‘at xorazm shevasidagi matnlarni adabiy tilga tarjima qilish bilan bog‘liq lingvistik masalalarni hal qilishda, shuningdek, mintaqaviy leksikani saqlash va o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqola doirasida lug‘atning yaratilish metodologiyasi, texnologik yondashuvlari va uning kelajakdagi qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil etiladi.

Downloads

Published

2024-12-13