OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDA ZOONIMIK FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING IZOHLI LUGʻATLARDA BERILISHI

Authors

  • Odina Olim qizi Xoshimova

Keywords:

zoonimik frazeologiya, lingvistik lugʻatlar, turgʻun birikma, leksikografiya, izohli lugʻatlar

Abstract

Zoonimik frazeologik birliklarni o’zida mujassm etgan izohli lugʻatga muayyan soʻz ishtirokida hosil boʻlgan iboralar kiritiladi (chunki ular ham, umuman olganda, lugʻaviy birlik hisoblanadi). Masalan, „sher“ yoki „yurak“, “inson” soʻzlari uchun tuzilgan lugʻat maqolasidan birida „sheryurak inson“ iborasi ham beriladi, maʼnosi belgilanib qayd etiladi va izohlanadi. Lingvistik lugʻatlarning boshqa turlarida ham (terminologik, tarjima lugʻatlarida) ularga kiritilgan lugʻaviy birliklarning, yaʼni soʻz va turgʻun birikmalarning maʼnosi (maʼnolari) belgilanishi qayd etilishi va izohlanishi mumkin. Bunday lugʻatlar ham ana shu xususiyati bilan izohli lugʻatlar qatoriga kiradi.

Downloads

Published

2025-01-13