TA’LIMDAGI ISLOHOTLARDAN FOYDALANGAN HOLDA INGLIZ TILINI O’QITISH
Keywords:
ta’lim tizimi, innovatsiya, metod, usul, ingliz tili, sun’iy intellekt.Abstract
Ta’lim tizmida bo’layotgan yangiliklar va islohotlar o’quvchi va talabalarning bilim olishida yanada ko’proq imkon yaratib bermoqda. Jahon tillaridan biri bo’lgan Ingliz tilini o’rganish katta ma’lumotlar eshigini ochish demakdir. Bu o’z o’rnida katta imkoniyatlarni ochib beradi. Qolaversa globallashib borayotgan dunyoga hamnafas bo’lish uchun ham ingliz tilini o’rganish talab etiladi. Harvard va Oksford kabi nufuzli universitetlarda o’qish uchun ham ingliz tili kerakli vositalardan biridir. Shu sababli hamingliz tilini o’rganish va o’qitish dolzarbdir. Bu maqolada hozirgi kunda O’zbekistonda ta’lim tizimida va ingliz tilini o’qitishdagi yangi metod va usullar haqida yoritilib berilgan.