CHINGIZXON VA AMIR TEMURNING QO‘SHINLAR JANGOVAR RUHINI KO‘TARISHDAGI CHORA-TADBIRLARI

Authors

  • Qobulov S.М. O‘R OHABY boshlig‘ning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik

Keywords:

qo‘shinlar ruhiy barqarorligi, jangovar chaqiqir, diniy motiv, harbiy hiyla, rag‘batlantirish tizimi, jazolash tizimi, harbiy sarkardaning huquqlari, harbiy orkestr

Abstract

Biz ko‘rib o‘tmoqchi bo‘lganimiz ikki sarkarda Chingizxon va Amir Temur garchand bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki zamonda yashamagan bo‘lsada, ularning davlat barpo etishdagi sharoit o‘zgacha bo‘lgan.

Qo‘shinlarning ahloqiy-ruhiy holatini barqaror saqlab turishda, agar zarur bo‘lsa uni mustahkamlashda harbiy sarkardaning harbiy mahorati, shaxsiy namunasi, diniy motiv, musiqiy kuy-qo‘shiqlar, jangchilarni oldinga harakatlantiruvchi turli chaqiriqlar va hayratlanarli nutqiy birikmalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Chingizxon turli din, e’tiqodga sig‘inuvchi, turli til va lahjalarda so‘zlovchi bir-biri bilan kelishmay maydalashib ketgan urug‘, ulus va qabilalarni o‘zaro-nizolaridan ustamonlik bilan foydalanib, kichik bir hududda o‘z davlatini barpo qildi va o‘zi e’tiqodsiz bo‘lgani holda barcha dinlarga nisbatan baravar munosatda bo‘lib hokimiyatini tikladi hamda keyinchalik bu amaliyotni vorislariga ham nasihat qilib qoldirdi.

Amir Temur esa islom bayrog‘i keng yoyilgan, aholisining aksariyati musulmon bo‘lgan Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida yashovchi islomga e’tiqod qiluvchilar ishonchiga kirib, sayidlar va shayxlar rahnamoligida yagona islom g‘oyasi qo‘llab-quvvatlagan va mana shu asosda o‘z armiyasi ruhiy holatini, tartib-intizomini ushlab turgan.

Downloads

Published

2023-01-25