АHOLINI DORI VOSITАLАRI VА TIBBIYOT BUYUMLАRI BILАN TА'MINLАSHDА DАVLАT BOSHQАRUVINING ROLI

Authors

  • Xudoyberganova Mavjuda Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi o’qituvchisi
  • Mohsum Asgarov Ozarbayjon Tibbiyot universiteti, shifoxona jarroxlik ta’limi kafedrasi doktori

Keywords:

Dori vositalari, farmatsevtika faoliyati, dorixona muassasalari, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari, ijtimoiy dorixona, qishloq vrachlik punktlari, farmatsevtika tarmog’i, tibbiy buyum, davlat organlari vakolatlari, modernizatsiya

Abstract

Maqolada mamlakatimiz aholisi va tibbiyot muassasalarini arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirishni, dorixona muassasalarining farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtirishni va nazorat qilishni ta’minlashda davlatning tegishli davlat organlari, tashkilotlari va korxonalarining faoliyati o’rganib chiqiladi. Maqolada ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholini arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilashga doir islohotlar tahlil qilinadi. Bunda “Dori-Darmon” aktsionerlik kompaniyasi, Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi, O'zbekiston farmasevtika sanoati ("O'ZFARMSANOAT") davlat-aksionerlik konserni hamda “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonalarini huquqiy faoliyati va vazifalari o’rganiladi. Mazkur o`rganishlar orqali mamlakatimizda aholini sifatli dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirishni, dorixona muassasalarining farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtirishni va nazorat qilishni ta’minlashda davlatning tegishli davlat organlari, tashkilotlari va korxonalarning rolini aniq vazifalarga yo`naltirish, ularga yuklatilgan vakolatlarni  takrorlanishini oldini olish, shuningdek dori-darmon xaridi bo`yicha yuzaga keladigan korrupsiyaga oid shart-sharoitlarni bartaraf etish bo`yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Downloads

Published

2022-03-03